STEM yondashuvi
Fan, texnologiya, muhandislik va matematika — loyiha orqali integratsiya
Dars bosqichlari
- 1
Muammo (Challenge) · Ask
10 daqReal hayotiy muammo va loyiha shartlari: cheklovlar, muvaffaqiyat mezonlari.
O'qituvchiLoyiha topshirig'i va baholash mezonlarini taqdim etadi.TalabaMuammoni tahlil qiladi, savollar beradi. - 2
Ilmiy tadqiqot · Science
20 daqMuammo ortidagi ilmiy qonuniyatlarni o'rganish uchun manbalar va savollar.
O'qituvchiManbalar beradi, ilmiy asosni tushuntiradi.TalabaIlmiy asosni o'rganadi, ma'lumot yig'adi. - 3
Loyihalash · Technology & Engineering
25 daqYechim chizmasi, materiallar, texnologiyalar va ish rejasi.
O'qituvchiKonsultatsiya beradi, rejani tekshiradi.TalabaEskiz chizadi, material va texnologiyani tanlaydi. - 4
Hisob-kitob · Mathematics
15 daqO'lchovlar, hisob-kitob, ma'lumotlarni tahlil qilish, grafiklar.
O'qituvchiHisob-kitob metodlarini ko'rsatadi.TalabaHisoblaydi, ma'lumotlarni tahlil qiladi. - 5
Prototip va taqdimot · Build & Present
30 daqPrototipni yaratish, sinash, yaxshilash va taqdim etish.
O'qituvchiMezonlar asosida baholaydi, savollar beradi.TalabaPrototip yaratadi, sinaydi, natijani taqdim etadi. - 6
Refleksiya · Reflect
10 daqNimani o'rgandik? Qaysi fanlar bog'landi? Keyingi safar nimani yaxshilaymiz?
O'qituvchiRefleksiyani boshqaradi.TalabaO'z ishini tahlil qiladi.
STEM yondashuvi
STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) — integratsiyalashgan ta'lim yondashuvi bo'lib, Loyihaga asoslangan ta'lim texnologiyasi (LAT) ga asoslangan. Talabalar real hayotiy muammoni hal qilish uchun bir nechta fan bilimlarini birlashtiradi.
Bu yondashuvni asosan fan kesimida ma'lum bo'lim yoki bob tugagandan so'ng qo'llash maqsadga muvofiq — talaba o'rgangan nazariyasini amaliy mahsulotga aylantiradi.
Tamoyillar
- Real hayotiy muammo va aniq mahsulot (prototip, model, dastur, hisobot);
- Muhandislik dizayn sikli: so'rash → tasavvur qilish → rejalashtirish → yaratish → yaxshilash;
- Xato — o'rganish manbai: prototip sinovdan o'tkaziladi va takomillashtiriladi;
- Jamoaviy ish va rollar (muhandis, tadqiqotchi, dizayner, hisobchi).
STEAM varianti san'atni (Arts) ham qo'shadi.